
Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligini rivojlantirish hamda axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’nan eskirgan yoki hozirgi kungacha zamonaviy kompyuter sinflariga ega bo‘lmagan ta’lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Xususan, tumandagi 7 ta umumta’lim maktabiga jami 119 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 7 dona konditsioner hamda 7 ta ko‘p funksiyali printer shuningdek qo'shimcha tarmoq uskunalari yetkazib berildi.
Texnik jihozlar maxsus transport vositalarida belgilangan maktablarga yetkazildi. Bu esa maktablarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga keng imkoniyat yaratadi.