
Barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo‘lgani kabi bugun tumandagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida "Ilm -saodat kaliti" deb nomlangan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi xodimlari, tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari va faxriy ustozlar hamda ota-onalar ishtirok qildilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni kelgusi hayot yo‘llarida muvaffaqiyatga erishishlari, kelajakda o‘zlari maqsad qilgan kasb egalari bo‘lishlarini tiladilar