
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Darslarga 11-yanvardan qaytiladi.

Umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.
Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi️ va III chorak darslari 11-yanvardan boshlanadi.