Xorazm viloyati, Xonqa tumani Xonqa shaharchasi X.Do'stligi ko'chasi, 29-uy

blog
  • Tashkilot ustavi
  • 31-10-2023, 14:09

Tashkilot nizomi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil        27-yanvardagi 2-son XDFU buyrug‘iga 15-ilova 

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi to‘g‘risida namunaviy muvaqqat

NIZOM

1-bob.   Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (bundan buyon matnda bo‘lim deb yuritiladi)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
  2. Bo‘lim fuqarolarning ta’limga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini tegishli tuman (shahar)da amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
  3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi), tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi ta’limi vazirligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi)ga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
  4. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlik va hududiy boshqarmaning Hay’at qarorlari va buyruqlariga, tegishli mahalliy hokimliklarning qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
  5. Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  6. Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalarida shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga, bank hisob raqamiga ega bo‘ladi.
  7. Bo‘limning yuridik manzili (pochta manzili):_________________________________ 

 

2-bob.  Bo‘limning tizimi

  1. Bo‘lim tizimiga bo‘limning apparati, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari kiradi.

 

3-bob. Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka va hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, faoliyatini tashkil etish sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish;

tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari va davlat talablari bajarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring yuritish;

tasarrufidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlami har tomonlama qo‘llab- quvvatlash;

maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishlarida tegishliligi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;

bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, insonparvarlik an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash choralarini ko‘rish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olishni ta’minlash;

davlat xususiy-sheriklik asosidagi ta’lim tashkilotalri faoliyatini tashkil etish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini jalb etish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.

pedagoglarni kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash;

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalari da davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq tasarrufidagi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish, ularning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinfida yoki o‘zlari tanlagan akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarida o‘qishlarini davom ettirishlarini ta’minlash;

maktab ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;

o‘quvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;

o‘quvchilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish, suitsidal holatlarga moyilligi bo‘lgan o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish;

maktabgacha va maktab ta’limi tizimida psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qo‘llab-quvvatlash va professional rivojlantirish, xodimlarining pedagogik faoliyatga shaxsiy muvofiqligini o‘rganish;

maktabgacha va maktab ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etish, ulardagi o‘qituvchi-logopedlaming faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish va metodik rahbarlikni amalga oshirish;

inklyuziv ta’limning metodik ta’minotini (dasturlar, rahbar, pedagog va mutaxassislarga metodik tavsiyalar va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish hamda takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar berish;

inklyuziv sharoitlarda ta’lim oluvchilami ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish;

inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalari, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish va uni doimiy yangilab borish;

inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘quv-seminarlarni tashkil etish; tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;

markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha va umumta’lim ta’lim tashkilotlarining xarajatlar smetalari, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya ro‘yxatlarini o‘z vaqtida shakllantirilishini, tasdiqlanishini hamda zarur hollarda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash;

markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lash, shuningdek, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa talabnomalarni o‘z vaqtida taqdim etish va to‘lash.

  1. Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: bo‘lim va uning xodimlari faoliyatini tashkil etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, topshiriqlari, Vazirlik va hududiy boshqarma Hay’at qarorlari, buyruqlari hamda boshqa topshiriqlari va ko‘rsatmalarining bajarilishini muntazam nazorat qiladi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya jarayoniga muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi;

tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xarajatlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etadi hamda oziq-ovqat zaxirasi bo‘yicha talablarni shakllantiradi, ovqatlantirish me’yorlari asosida ovqatlantirishni tashkil etishni monitoring qiladi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, davlat ta’lim standartlari va davlat talablarini bajarish monitoringini amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; bo‘lim vakolatiga tegishli bo‘lgan operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish- xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha buyruq qabul qiladi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ish amaliyotiga davlat ta’lim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg‘or pedagogik tajribalarning tatbiq etilishiga sharoit yaratadi;

ilg‘or pedagoglar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining ijobiy ish tajribasini o‘rganadi hamda umumlashtiradi, ta’lim muassasalaridagi

o‘quv-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish davomida uni tuman (shahar)da ommalashtiradi hamda Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etadi; ta’til davrlarida bolalarni mazmunli dam olishlarini tashkil etadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini darsliklar, o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar va o‘quv uskunalari, ta’limning texnik vositalari, qo‘llanma-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;

maktablarda qat’iy nazoratdagi o‘quv hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini, bitiruvchilarga shahodatnoma, “oltin” va “kumush” medallar berilishini nazorat qiladi;

maktab va pedagogika kollejlari bitiruvchilarini kollejlar va texnikumlar, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi, 9-sinf bitiruvchilarining istaklariga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinfida yoki akademik litseylar, kasb-hunar maktablarida ta’lim olishini davom ettirishi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etadi hamda natijadorligini monitoring qiladi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabga qamrov ko‘rsatkichlarining loyiha bo‘yicha quvvati bilan to‘ldirilganlik koeffitsenti o‘rtasidagi farqni kamaytirish choralarini ko‘radi;

umumiy o‘rta ta’lim hajmida, tibbiy ko‘rsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim-tarbiya olishiga sharoit yaratish ustidan nazoratni amalga oshiradi;

ta’lim muassasalarining ota-onalar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar bilan ijodiy faol, davlat mustaqilligi g‘oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qo‘shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorligini tashkil etilishini ta’minlaydi;

bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; 

ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi va ulardan samarali foydalanishni hamda pedagog xodimlami shu sohadagi malakasini oshirilishini ta’minlaydi;

o‘quvchilar bilan maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘rish;

o‘quvchilarning davomatini to‘liq ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasalarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ota-onalarning o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qiladi;

pedagog xodimlarni mehnatdagi yuqori ko‘rsatkichlari, o‘quvchi yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun davlat va tarmoq mukofotlariga belgilangan tartibda tavsiya etadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi va ularning zarur jihozlar bilan ta’minlanishi, ta’lim muassasalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan zamonaviy moddiy-texnika bazasi, shu jumladan o‘quv-laboratoriya asbob- uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanilishini nazorat qiladi;

Respublika va mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bino va inshootlarining mavjud holati to‘g‘risidagi bazani shakllantirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlanishi bo‘yicha har yili Manzilli dasturlarni shakllantirish uchun tegishli takliflarni hududiy boshqarmaga taqdim etadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud qozonlar bo‘yicha bazani shakllantirish, ko‘mir va ko‘mir briketlaridan samarali foydalanishni hisobga olib talabnomalar tayyorlash, shuningdek mavjud bazadan kelib chiqib, jihozlash va to‘ldirib jihozlash manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha takliflar beradi, manzilli ro‘yxatlarni o‘rganadi va shakllantiradi, ularning monitoringini yuritadi va hududiy boshqarmaga taqdim etadi;

talab bo‘yicha investitsiya va boshqa dasturlarga kiritish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ob’ektlari bo‘yicha ma’lumotlarni hududiy boshqarmaga taqdim etadi;

byudjet tashkilotlarining sanitariya normalari va qoidalariga mosligini maqsadida tizimli ravishda ularni doimiy o‘rganish, kuz-qish mavsumida bino va inshootlaridan to‘g‘ri foydalanish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash choralarini ko‘radi;

bo‘limning va markazlashgan buxgalteriya tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan ta’lim muassasalarining shtat jadvallarini va xarajatlar smetalarini byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiradi va tasdiqlaydi;

har bir muassasaning pul mablag‘lari, hisob-kitob va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o‘tkazadi, inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri rasmiylashtirilishi hamda ularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ta’minlaydi;

buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari, xarajatlar smetasi va ularning ilovalari, shuningdek, byudjet tashkilotlari moliyaviy faoliyatiga oid boshqa hujjatlar hisobini har bir muassasa kesimida alohida yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi;

bo‘lim apparati va markazlashgan mablag‘lari xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, bo‘limning moddiy boyliklari, xodimlaming mehnatiga haq to‘lash va bo‘lim faoliyatiga doir boshqa xizmatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga asosan hisob-kitoblarni amalga oshiradi;

markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumta’lim tashkilotlarining sinf komplektlarini amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida o‘quvchilar bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi;

markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xarajatlar smetalari, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya ro‘yxatlarini o‘z vaqtida shakllantirilishini, tasdiqlanishini hamda zarur hollarda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlaydi;

markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan umumta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lanishini, shuningdek, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa talabnomalarni o‘z vaqtida taqdim etilishini va to‘lanishini ta’minlaydi;

bo‘lim tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, muassasalardan ma’lumotlarni yig‘ib umumlashtiradi va hududiy boshqarmaga taqdim etadi;

buxgalteriya hisobi va hisobotini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;

tizimda odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini, ularni sodir etishga imkon yaratuvchi sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf etish, oldini olish choralarini ko‘radi.

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.

4-bob. Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

  1. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish;

o‘z vakolati doirasida takliflarni ko‘rib chiqish uchun tegishli hududiy boshqarma va mahalliy hokimliklarga kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qilish;

o‘z vakolatlari doirasida seminarlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

o‘z faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratish;                                 

hay’at yig‘ilishlarida bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish.

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Bo‘lim majburiyatlari:

Bo‘limga yuklatilgan vazifalar va funksiyalaming sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

hududiy boshqarmaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, bo‘lim tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ijrosini ta’minlash;

maktabgacha va maktab ta’limi sohasida dolzarb muammolarni, aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi sohasini rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masasalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarda belgilangan topshiriqlaming tegishliligi bo‘yicha samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

  1. Bo‘limga hududiy boshqarma boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan davrda uning vakolatlari hududiy boshqarma boshlig‘i buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul shaxsga yuklatiladi.

  1. Bo‘lim boshlig’i idoraviy mansub ta’lim muassasalarining nizomini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlaydi.
  2. Bo‘limning shtat jadvali o‘matilgan tartibda bo‘lim boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Bo‘limning tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, jumladan:

hududiy boshqarma rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;

maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida hududiy boshqarmaga axborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qoidabuzarliklami bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;

o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda hududiy boshqarmaga taqdim etadi;

maktabgacha va maktab ta’limi muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni hududiy boshqarmaga taqdim etadi;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;

vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.

  1. Shtat jadvaliga muvofiq belgilangan xodimlar idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:
    • topshiriqlarni idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
    • idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy bo‘linmaning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
    • idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
    • idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
    • idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
    • idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi, yuqori turuvchi idoralar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni bo‘lim boshlig’iga kiritadi.
      1. Bo‘lim o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
      2. Bo‘lim tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
    • Bo‘limning moddiy-texnik ta’minoti va xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
    • Bo‘lim faoliyati davomida xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilishni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
    • Bo‘lim xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar, moddiy rag‘batlantirish, moddiy yordam va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
    • Bo‘lim xodimlariga oylik ustamalar va moddiy rag‘batlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq to‘lanadi.
  2. Bo‘limni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani Xonqa shaharchasi X.Do'stligi ko'chasi, 29-uy
  • +998 (62) 39-91-254
  • i xonqaxtb2020@umail.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31 

Yil dasturi

Maktab manzili